Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda zo‘ravonlikka uchragan yana bir «kelin» O‘zbekistonga qaytarildi

Xitoyda zo‘ravonlikka uchragan yana bir «kelin» O‘zbekistonga qaytarildi

Foto: «CA-News»

Jurnalistlardan yordam so‘ragan andijonlik 25 yoshli Shodiyona Davlatova O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda «CA-News» xabar bermoqda.

Xitoy fuqarosiga turmushga chiqqan bu qiz erining zo‘ravonligi va tazyiqlaridan shikoyat qilgan. Aytishicha, turmush o‘rtog‘i uni xonaga qamab kaltaklagan va homilador bo‘lishi uchun turli tabletka, in’yeksiya ko‘rinishidagi noma’lum dorilarni iste’mol qilishga majburlagan.

Shodiyona o‘zbekistonlik diplomatlar yordamida O‘zbekistonga qaytarilgan uchinchi qiz bo‘ldi.

Avvalroq xitoylik yigitga turmushga chiqqan namanganlik Saida O‘zbekistonga qaytish uchun yordam so‘ragan va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlikda ushbu qizni yurtimizga qaytarishga erishgandi.

Keyinroq Xitoyda mahalliy yigitga turmushga chiqib, og‘ir ahvolda qolgan yana bir hamyurtimiz Toshkentga olib kelingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring