Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm viloyati hokimi Andijondan Mo‘ynoqqa piyoda yo‘lga chiqqan Sohib Rajabov bilan uchrashdi

Xorazm viloyati hokimi Andijondan Mo‘ynoqqa piyoda yo‘lga chiqqan Sohib Rajabov bilan uchrashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sohib Rajabov Andijondan Mo‘ynoqqa piyoda yo‘lga chiqqani haqida ko‘p yozilmoqda. Uning mamlakatimiz bo‘ylab o‘z sayohatini boshlanganiga 100 kundan oshdi. 10 oktyabr kuni Urganch shahriga yetib kelgan sayyoh bilan Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermonov uchrashdi. Hokim S.Rajabovning Xivaga safarida hamrohlik qildi.

Sohib Rajabov 10-11-oktyabr kunlari Xiva shahrida, 12-oktyabr kuni «Xiva qorako‘l» ekoturistik ob’yekti,  keyingi ikki kun davomida  Qo‘shqo‘pir va Gurlan tumanlari bo‘ylab o‘z sayohatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyul sanasida Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga (2200 km masofa) piyoda yo‘lga chiqqan S.Rajabov sayohat davomida olgan tassurotlarini boshqalar bilan baham ko‘rish maqsadida o‘zining telegram messenjeridagi «Peshkom po Uzbekistanu» (BezGosUzb) kanaliga barcha surat va videolarni joylab boradi.

E.Baxt

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring