Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmdagi dori mash-mashmashasi. Viloyat prokuraturasi izoh berdi

Xorazmdagi dori mash-mashmashasi. Viloyat prokuraturasi izoh berdi

2018-yil 19-iyun kuni internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tuman prokurori D.Madirimovning tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va «Xorazm dori-darmon» MChJ raisi nomiga ayrim dori vositalarni sotuvdan olib tashlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida yo‘llagan topshiriq xatining tasviri tarqalgan edi.

Xorazm viloyat prokuraturasi Urganch tuman prokurori D.Madirimovning ushbu xat mazmuni xato ifodalangani va mazmuni noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xatning mazmuni yanglish ifodalangani uchun u hozirda yuridik kuchga ega emas, ushbu topshiriqqa asosan yuqorida qayd etilgan dori vositalarini sotuvdan olib tashlash bo‘yicha hech qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmagan.

Shuningdek, Xorazm viloyat prokuraturasi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan noto‘g‘ri axborot uchun fuqarolardan uzr so‘rab, Urganch tuman prokurori D.Madirimovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi va unga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi aytildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring