Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy fuqarolar farzandlarining O‘zbekiston maktablarida o‘qishi qay tartibda amalga oshiriladi?

Xorijiy fuqarolar farzandlarining O‘zbekiston maktablarida o‘qishi qay tartibda amalga oshiriladi?

Foto: «Idum.uz»

«1976-yilda O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganman. Turmush o‘rtog‘im Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi. Farzandlarim ham Qozog‘iston Respublikasida tavallud topgan. Hozirda Toshkent shahrida yashayapmiz. Farzandlarimni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktablarning birida ta’lim olishini xohlayapman. Ayting-chi, chet el fuqarolarining farzandlarini O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablariga qabul qilish qay tartibda amalga oshiriladi?»

Xorijiy fuqarolarning farzandlarini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablarida xorijiy fuqarolarni o‘qitish Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tegishli ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

— o‘qishga qabul qilish haqida ariza;

— o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari va notarial tasdiqlangan nusxalari;

— sog‘ligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;

— milliy pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;

— 4x6 sm. o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

Hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi Xalq ta’limi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada belgilangan. Unga ko‘ra hujjatlar xorijiy fuqaro o‘qish istagini bildirgan maktab ma’muriyati qoshidagi qabul komicsiyasiga topshiriladi.

Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga, so‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga, shundan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi huzurida tuzilgan xorijiy fuqarolarni maktabga o‘qish uchun qabul qilish bo‘yicha maxsus komissiyaga topshiriladi.

Ariza maxsus komissiya tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqilib, xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Maxsus komissiyaning xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori u bilan shaxsiy shartnoma tuzish uchun asos bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring