Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish natijalari e’lon qilindi

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish  natijalari e’lon qilindi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 8-son bayoni bilan Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent davlat agrar universitetlariga 2018-2019 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar belgilandi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Namangan davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma dastur asosida 60 nafar talaba qabul qilinadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda to‘rtta yo‘nalishda 125 nafar, Toshkent davlat agrar universitetida esa Volgograd davlat agrar universiteti bilan birgalikda bitta yo‘nalishda 20 nafar talaba qo‘shimcha qabul qilinadi.

Qo‘shma dasturda belilangan qabul kvotalarida o‘qish to‘lov-kontrakt asosida bo‘lib, bakalavriyat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar shu yilning 15-sentyabrigacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan shu yilning 17-22-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida joriy yilning 1 oktyabridan boshlanadi.

Qo‘shma dastur doirasida ta’lim oladigan talabalar o‘quv jarayonini bir qismini xorijiy oliy ta’lim muassasasida amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring