Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijlikka turmushga chiqmoqchi bo‘lgan ayolni sobiq eri pichoqlab o‘ldirdi (video)

Xorijlikka turmushga chiqmoqchi bo‘lgan ayolni sobiq eri pichoqlab o‘ldirdi (video)

Foto:«Xabar.uz»

Ikki yosh— Muhammad Abdulaziz va Oydina o‘zaro kelishmovchiliklar sabab 2018-yilning oktyabr oyida ajrashishgan edi. Lekin yigit oilasini saqlab qolishga harakat qilib, qizga qaytib kelishni taklif etadi.

Ammo Oydina sobiq turmush o‘rtog‘iga endi u bilan yashamasligini va Janubiy Koreya fuqarosiga turmushga chiqmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.

«Markaziy studiya» ko‘rsatuvida hikoya qilinishicha, mazkur xabardan g‘azablangan Muhammad Abdulaziz Namangan shahridan Toshkentga kelib, sobiq xotinini qidirib topadi va uniing 11 joyiga oshxona pichog‘ida zarba berib pichoqlaydi. Jabrlanuvchi og‘ir jarohatlar tufayli vafot etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Baxtiyor Islomovning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandiga muvofiq 18 yil ozodlikdan mahrum etildi.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring