Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi bir guruh ayollarni AQShga yubormoqda

Xotin-qizlar qo‘mitasi bir guruh ayollarni AQShga yubormoqda

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

15-28-may kunlari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bir guruh ayollar «OPEN WORLD» dasturi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlarining Rod-Aylend shtatiga o‘quv-kurslariga yuborilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbek xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida tajriba almashinuv sohasidagi kelishuv Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayevani joriy yilning fevral oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarida erishilgan.

Joriy yilning 10-may sanasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi binosida mazkur dastur bo‘yicha tahsil olgani ketayotgan ayollar bilan safar oldi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida Dasturning maqsadlaridan tashqari, o‘zbek madaniyatining serqirra jihatlari, o‘zbek ayollarining keng imkoniyatlarini o‘zida aks ettirgan «o‘zbek tajribasi»ni AQShdagi o‘quv kurs davomida keng namoyish qilish masalasi yuzasidan atroflicha fikrlar almashinildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring