Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi samarqandlik ayolga qanday yordam ko‘rsatdi?

Xotin-qizlar qo‘mitasi samarqandlik ayolga qanday yordam ko‘rsatdi?

Bugun, 8-iyul kuni IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol bilan uchrashish uchun O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva Samarqandga tashrif buyurdi.

Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari kattaqo‘rg‘onlik ayolning oilaviy sharoiti bilan yana bir bor tanishib chiqdi.

Ayolning ruhiy holati o‘rganildi va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra unga lozim paytda ko‘mak berish uchun psixolog Shahnoza Mamayusupova biriktirildi.

Shuningdek, advokat Azamat Ashurboyev T.N.ga lozim paytda maslahat berishga mas’ul etib biriktirildi va u tergov-surishtiruv jarayonida huquqiy yordam beradi.

Bundan tashqari, patronaj hamshira Nilufar Hayitova, Olmazor mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis Inobat Ergasheva uning holidan muntazam ravishda murabbiy sifatida xabar olib turadi.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasining taklifini inobatga olib, ayolga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida «Har bir oila – tadbirkor» dasturi asosida maktab o‘quv qurollari va kanselyariya mahsulotlari bilan savdo qilish uchun kichik savdo do‘koni tashkil qilib beradigan bo‘ldi.

Ayolning farzandlari hududda faoliyat ko‘rsatayotgan sportning karate to‘garagiga jalb etildi.

Hududdagi tadbirkorlar va mahalla faollarining tashabbusi bilan ayolning uy-joyi ta’mirlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring