Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushxabar! Baxtiniso Mahmudova operatsiyasi uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘lindi

Xushxabar! Baxtiniso Mahmudova operatsiyasi uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘lindi

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va nashrlarda yosh ijodkor qiz Baxtiniso Mahmudovaning sog‘ayishi uchun kerak bo‘ladigan operatsiya uchun  yordam aksiyasi o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. 

«Madaniyat va ma’rifat» kanali, «Yaxshilik» ko‘rsatuvi boshlovchisi Baxtiyor Nasriddinov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida yozishicha, Baxtinisoning tuzalishi uchun zarur 22 ming dollar mablag‘ bugun yig‘ib bo‘lingan. 

«Hammaning sevimlisiga aylanib ulgurgan qashqadaryolik yosh ijodkor Baxtiniso Mahmudova operatsiyasi uchun kerakli mablag‘ (22 000 dollar) yig‘ib bo‘lindi. Har qanday ko‘rinishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha insonlarga ming rahmat. Alloh rozi bo‘lsin. Shifokorlar sog‘ayib ketishga umid borligini va davolash uchun katta miqdorda mablag‘ talab etilishini aytishgandi. Baxtinisoning sog‘ligi yo‘lida yordam so‘rab «Yaxshilik» ko‘rsatuvi orqali sizga murojaat qilgandik» deya yozgan jurnalist. 

Avvalroq Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev Ittifoq yosh shoira qizga yordam berishini aytgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring