Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kristin Lagard Samarqandda tadbirkor ayollar bilan uchrashdi

Kristin Lagard Samarqandda tadbirkor ayollar bilan uchrashdi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Joriy yilning 18-may kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif chog‘ida Kristin Lagard qo‘mita raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida samarqandlik turli sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan suhbatda bo‘ldi. Kristin Lagard ularning tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlar va yuzaga kelayotgan muammolar bilan qiziqdi.

Samarqandlik tadbirkor xotin-qizlarimiz o‘z faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumot berib, Kristin Lagarddan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bundan tashqari unga O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, ayollar bandligini ta’minlash hamda ayollarning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda, islohotlarni amalga oshirishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Mehmon ayollarning tadbirkorlik sohasida huquq va manfaatlarini ta’minlashda boshqa mamlakatlarning va o‘zining tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring