Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana Dehqonobod. Bu safar sel ko‘prikni o‘pirib ketdi

Yana Dehqonobod. Bu safar sel ko‘prikni o‘pirib ketdi

Foto: «Tvitter»

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Ingichka mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘prikni sel o‘pirib ketdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatildi.

Kecha yoqqan kuchli yomg‘ir natijasida kelgan sel ko‘prikni olib ketgan. Jabrlanganlar, talofatlar, yetkazilgan moddiy zarar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha berilmadi. Ammo suratdan ko‘rinadiki, sel qishloq aholisi uchun muhim bo‘lgan ob’yektni buzib ketgan.



Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam yoqqan kuchli yomg‘ir natijasida Dehqonobod tumanidan o‘tgan temir yo‘l buzilib ketgan edi. Shuningdek, kecha aynan shu tuman hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng o‘pirilib ketgani xabar qilingandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring