Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi «iPhone»larning rangli suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Yangi «iPhone»larning rangli suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Bir yo‘la bir nechta manbalar «Apple» kompaniyasi joriy yilda kamida ikkita «iPhone X»ga o‘xshagan yangi smartfon taqdim etishini ta’kidlamoqda, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Ulardan biri 6,1 dyuymli IPS-ekranli arzon model, ikkinchisi — o‘tgan yilgi «iPhone X»ning 6,5 dyuymli «OLED» ekranli «Plus» versiyasi bo‘ladi. Mashhur @OnLeaks insayderi qurilmalarning chizmalari asosida yaratilgan yangi «Apple» smartfonlarining rangli renderlarini chop etdi.

Yangi «iPhone»lar «Apple»ning o‘tgan yilgi «yubiley» smartfonlaridan deyarli farq qilmasligi kutilmoqda. 6,1 dyuymli arzon «iPhone» faqat bittalik kameraga ega bo‘ladi, ammo «Face ID» skaneri joylashgan «qirqim» ekraniga o‘rnatiladi. 6,5 dyuymli «iPhone» esa «iPhone X»ni to‘liq ko‘chirib oladi.

«Apple»ning yangi smartfonlari haqidagi qolgan ma’lumotlar sir saqlanmoqda, hatto ularning qanday nomlanishi ham aytilmayapti. Taxminlarga ko‘ra, «iPhone X Plus» 1200 dollardan sotuvga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring