Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sof foydaning 10 foizi innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga sarflanishi kerak

Sof foydaning 10 foizi innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga sarflanishi kerak

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-martdagi 195-son qarori bilan Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi «Xuquqiy axborot» kanali.

Namunaviy nizomga asosan xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari Jamg‘arma uchun ajratiladigan mablag‘lari unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridan birida ochiladigan maxsus hisob raqamida jamlanadi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarda sarflanadi:

  • yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish;
  • ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish;
  • ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari qaytarib olinmaydi va kelgusida foydalnish uchun xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining maxsus hisob raqamida saqlanadi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring