Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qonun: O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi

Yangi qonun: O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi

Foto: «UniversoMT»

Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ-474-son, 12.04.2018-y.) imzolandi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.

Qonun bilan jamoatchilik nazorati sub’yektlariga fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari kiritildi.

Jamoatchilik nazoratining ob’yekti sifatida davlat organlari, shu jumladan huquq-tartibot va nazorat idoralari hamda ularning mansabdor shaxslarining faoliyati belgilandi.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etilishi shart.

Jamoatchilik nazorati quyidagi shakllarda o‘tkaziladi:

  • davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;
  • davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
  • jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish.

Qonunning to‘liq matni bugun matbuotda e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring