Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qurilma. Bir vaqtning o‘zida ham qulflaydi, ham plombalaydi

Yangi qurilma. Bir vaqtning o‘zida ham qulflaydi, ham plombalaydi

Foto: «5Koleso»

«ELDAS» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ilmiy xodimi Durbek Yakubov tomonidan avtofurgonlar, temir yo‘l sisternalari, omborxonalar eshiklarini qulflash va bir paytning o‘zida plombalash imkonini beruvchi berkitish-plombalash uskunasi ixtiro qilindi.

Yangi ishlanma ochishga bardoshli, ya’ni ishonchlilik darajasi yuqori bo‘lishi bilan birga qurilmani qulflashda ko‘p kuch sarfini talab qilmasligi bilan o‘ziga xosdir. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Berkitish-plombalash qurilmasi bungacha ma’lum bo‘lgan shu turdagi qurilmalardan tubdan farqlanadi, eng avvalo, u konstruksiyaning pishiq va mukammal texnik yechim bilan bajarilgani, bunday qurilmalarga qo‘yiladigan zamonaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi bilan afzaldir. Bundan tashqari, bu qurilmani sanoat ishlab chiqarishining barcha sohalari va yana ko‘plab boshqa tarmoqlarda qo‘llash imkoniyati mavjudligi, unga bo‘lgan talabning yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

Agentlik tomonidan qurilma yaratuvchisi D.Yakubovga IAP 05509 raqamli patent topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring