Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada «avatar» robot yaratiladi (video)

Yaponiyada «avatar» robot yaratiladi (video)

Foto: «Forbes»

«XPRIZE» kompaniyasi Yaponiyaning «All Nippon Airways» aviakompaniyasi bilan birgalikda «avatar» robotni yaratishga 10 million dollar sarmoya kiritdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«Avatar» robotning g‘oyasi shundan iboratki, bunda inson virtual reallikdan foydalangan holda odamsimon mexanizm ichiga «kirib», undan dunyoning istalgan yeridan turib boshqa bir odam yoki atrof-muhit bilan munosabat o‘rnatadi.

Bu imkoniyatlar Fukusimada sodir bo‘lgani kabi tabiiy ofatlarda yordam beradi. Bunda robot o‘ta og‘ir muhitlarda inson uddalay olmaydigan vazifalarni bajarishi mumkin. U o‘z operatori harakatini takrorlashga va atrofdagi barcha ma’lumotlarni unga uzatishga qodir bo‘ladi.

Bunda murakkab sun’iy intellektni ishlab chiqish kerak emas — chunki barcha funksiyalarni operator boshqaradi. Shunday qilib, dunyoning istalgan nuqtasidan turib ekspertni jalb qilish va muammoni bartaraf etish mumkin.

Tizim tayyorgalik ko‘rmagan operator tomonidan boshqarilish uchun yetarli darajada yengil bo‘lishi va ko‘plab vazifalarni uddalay olishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring