Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada davomli yer silkinishlari kuzatildi

Yaponiyada davomli yer silkinishlari kuzatildi

Foto: «Asia.nikkei.com»

Dushanbaga o‘tar kechasi mamlakatning janubi-g‘arbidagi Simane prefekturasida davomli zilzilalar qayd etildi, deb xabar bermoqda «Interfax.ru».

Tabiiy ofat natijasida besh  kishi jabrlangani aytilmoqda. Jabrlanganlarning 4 nafari Oda shahridan. Mazkur shaharda zilzila boshqa joylardagidan kuchliroq sezilgan.

Foto: «Pakbaaz.com»

Yer silkinishlari natijasida 100 dan ortiq xonadonlarda suv ta’minotidan, 50 ortiq uy esa elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Yer silkinishlari  mazkur hududda oxirgi marta 18 yil oldin qayd etilgan.

Yaponiya meteorologiya agentligi xabariga ko‘ra, 6.1 balli zilzila o‘chog‘i yapon dengizi qirg‘oqlarida bo‘lib, 12 kilometr yer qa’rida ekani aniqlangan.

Foto: «Hindustantimes.com»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring