Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 5 nafarga yetdi

Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 5 nafarga yetdi

Foto:«AFP»

Yaponiyada kecha kuzatilgan 6,1 balli zilzilada halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Halok bo‘lganlar orasida 10 yoshli bola ham bor. Jarohatlanganlar soni esa 395 kishiga yetdi. 1700 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

Tabiiy ofatdan so‘ng ikki sutka davomida hududda yana 35 ta silkinish kuzatildi.

Kuni kecha Osaka shahrida 6,1 balli zilzila kuzatilgan edi. Tabiiy ofat 13 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Yuz mingdan ziyod oila gazsiz qolgan bo‘lsa, 110 ming xonadon elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi.

Tabiiy ofat tufayli temiryo‘l tizimida noqulayliklar kuzatildi. Metro liniyasi va shahar temiryo‘l yo‘nalishida zilziladan keyin 12 soat mobaynida peozdlar qatnovi to‘xtab qoldi. Kansay aeroportida ham parvozlar bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring