Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yilning oxirgi safari. Shavkat Mirziyoyev Yangi yil oldidan Rossiyaga boradi

Yilning oxirgi safari. Shavkat Mirziyoyev Yangi yil oldidan Rossiyaga boradi

Foto: «Kremlin.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, MDH a’zo mamlakatlari rahbarlarining Yangi yil arafasidagi navbatdagi uchrashuvi ortda qolayotgan yil yakunlarini sarhisob qilish va birlashma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berishi barobarida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etish uchun yaxshi zamin yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring