Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in xavfsizligi xizmati Marg‘ilon bozoridagi yong‘in bo‘yicha bayonot berdi

Yong‘in xavfsizligi xizmati Marg‘ilon bozoridagi yong‘in bo‘yicha bayonot berdi

Foto: DYoXX

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi bozorda yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan bu borada rasmiy ma’lumot berib o‘tildi.

2019 yilning 9 iyun sanasida, tungi soat 02:05da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar YoXB dispetcherlik xizmatiga Marg‘ilon shahar, Pichoqchi MFY, Xiyobon ko‘chasi 174-uyda joylashgan «Marg‘ilon umumiy ulgurji savdo kompleksi» MChJda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida birinchi bo‘linmalar soat 02:10da voqea joyiga yetib borganda savdo kompleksining keng maydonda qurilish konstruksiyalari va savdo do‘konlarining tom qismidan quyuq tutun aralash alanga chiqib yonayotgani ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04:20da qurshab olinib, 05:40da batamom o‘chirilgan. Yong‘inga jami 19 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida savdo kompleksi binosining (tim) tahminan 1575 kv.m maydonidagi qurilish konstruksiyalari va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan savdo rastalar, tez yonuvchi materiallardan (taxta-yog‘och, DVP, plastik va h.) qurilgan savdo do‘konlar va ular ichida saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo kompleksining 8.865 kv.m maydoni saqlab qolishga erishildi.
Yong‘inni kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring