Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qolgan qo‘ylar, chempionga bosim, yangi tayinlovlar, avtokreditlar, propiskadagi o‘zgarishlar, Buxoroga safar va haftaning boshqa xabarlari

Yo‘qolgan qo‘ylar, chempionga bosim, yangi tayinlovlar, avtokreditlar, propiskadagi o‘zgarishlar, Buxoroga safar va haftaning boshqa xabarlari

Yakuniga yetayotgan haftada (12-18-fevral) O‘zbekiston va jahon miqyosida o‘ziga xos va muhim yangiliklar, o‘zgarishlar ro‘y berdi. Quyida ularni birma-bir yodga olib o‘tamiz.

12-fevral, dushanba

Ota-ona faryodi: «Navoiyda adolat yo‘q. Sudga bosim bo‘layapti! Chempion o‘g‘limning umri xazon bo‘lmoqda!»

Joylarda sud bo‘yicha o‘zgarishlar ahamiyatini anglab yetmayotgan, hanuz eskicha qolipda ishlayotgan adolat posbonlaridan odamlar norozi bo‘lmoqda, aziyat chekmoqda. Ana shunday odamlardan bir guruhi tahririyatimizga bosh urib kelishdi.

Qo‘ylar qaytarildi, adolat qaror topdi!

Haftaning eng shov-shuvli mojarosiga aylangan Oltiariqda yo‘qolgan qo‘ylar masalasi nihoyat ijobiy yakun topdi. Qo‘yboqarlarning biri Hasanboy Yunusovning o‘zi qo‘ylari qaytarilganini bildirdi.

Mavzuga doir

Izsiz ketgan qo‘ylar izidan: kalavaning uchi viloyat hokimi tomon yetaklamoqda

«Qo‘y»ni «yo‘q» qilishni bilasizmi? Bilmasangiz, bilib oling!

Yo‘qolgan qo‘ylar «topildi». Ammo egalari bundan bexabar

Ushbu haftada banklar tomonidan avtomobillar uchun «Avtokredit» tariflari

Yana bir bankdan avtokredit ochildi. Bu safar 5 yil muddatgacha

Yana bir avtokredit. Bunisi ham ancha qulay va oson

Yana ikkita bank avtomobillarni kreditga beradi

Or qilsangiz ham oxirigacha o‘qing!

Yana o‘sha gap — bizda hojatxonalar muammosi bor, ochiq tan olmay ilojimiz yo‘q. Bu borada chet ellardan kelgan mehmonlar oldida har safar yuzimiz qizarishi ham haqiqat. Talab darajasidagi hojatxonalar qurilishi va sifatli ishlashi uchun alohida qarorlar chiqayotgani, bu ishga bosh qo‘shganlarga soliq imtiyozlari berilayotgani ham muammoning naqadar jiddiyligini ko‘rsatib bo‘lgan.

13-fevral, seshanba

Andijonda so‘nggi 10 yillikdagi eng yirik neft koni topildi (foto + video)

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Uchtepa 5-sonli qudug‘ining 1250 metr chuqurligidan bo‘r (mel) qatlamining XX gorizontidan katta miqdorda neft koni ochildi.

Markaziy bank rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Akmalov Alisher Valiyevich Markaziy bank Raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U 21 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi almashdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olinib, uning o‘rniga Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, general-mayor Murodjon Berdialiyevich Azimov yangi rais etib tayinlandi.

Propiska bo‘yicha muhim qarorlar loyihalari tayyorlandi

2018 yilgi davlat dasturiga asosan, O‘zbekistonda pasport tizimi va propiska masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan muhim qarorlar loyihalari tayyorlandi.

Propiskasiz yashaganlar uchun jarima miqdori kamaytiriladi

Mavsumiy ishlarga kelganlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda yengillik beriladi

Propiskasizlar uy sotib olganda boj to‘lovlari aniq bo‘ldi

Yana «vaqtincha propiska»: qachongacha sarson bo‘lamiz?

Toshkent shahar IIBBga yangi boshliq tayinlandi

Bahodir Nizomovich Qurbonov Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangani sababli Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev tayinlandi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkiga bo‘lindi

Suv xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Zoyir Mirzayev qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini tark etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vazirini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Kim Dong Yonni qabul qildi.

OChL. «Nasaf» Tehronda yirik hisobda yutqazdi (video)

«Nasaf» guruh bosqichini yirik mag‘lubiyat (0:3) bilan boshladi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi navbatdagi o‘yinni 20 fevral kuni Qarshida BAAning «Al-Vasl» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Samarasiz soliq va yig‘imlarni bekor qilish haqida Prezident farmoyishi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi.

Adliya vazirligi «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlamoqda

Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

14-fevral, chorshanba

Qutbi Zamon silsilasi: u valiy ham edi

Bobur tariqatda ma’lum maqomga erishgan, qalb ko‘zi xosiyatli, ruhida ilohiy ishq va fayz, ilhom jo‘sh urgan jazbali zot bo‘lgan. U farzandining dardini Allohga yovuqlashish ila o‘z taniga olganu qaytarib chiqarib tashlashga qurbi yetmagan. Ya’ni ruhiy maqomi ojizlik qilgan.

YeChL. «Yuventus» o‘z maydonida «Tottenxem»ni yenga olmadi, «Manchester Siti» esa mehmonda raqibini «yer tishlatdi»

Bosh vazir Abdulla Aripov videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda Sport ishlari vazirligi tashkil etildi. Shoakram Isroilov unga rahbar etib tayinlandi

Yangi tashkil etilgan vazirlikka O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FA sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov rahbar etib tayinlangan.

Infografika. O‘zbekistonda yangi tayinlovlar

Daniya shahzodasi Xenrik vafot etdi

Daniya qirolichasi Margrete II ning turmush o‘rtog‘i 83 yoshli shahzoda Xenrik vafot etdi.

Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev Daniya qirolichasiga ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan jigar transplantatsiyasi jarayonidan reportaj (video)

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazida parkentlik 26 yoshli bemor Ubaydulla Dadaxo‘jayevga akasi Hayot Dadaxo‘jayev donorligida jigar bo‘lagi transplantatsiyasi bajarildi.

Rossiyada samarqandlik qahramon medalga tavsiya etildi

O‘zbekiston fuqarosi Nuriddin Qirg‘izov qahramonlik ko‘rsatib, Rossiya fuqarosini yong‘indan saqlab qolgani uchun medalga tavsiya etildi.

Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi

Shavkat Mirziyoyev: «Bog‘cha qilaman deb aldab ketayotgan «tadbirkorlar» ham bor»

Oliy ta’limda 3 yillik yangi bakalavr tizimi, Toshkentda esa yangi universitet

Shavkat Mirziyoyev: «Bolalar bog‘chada deyarli baliq yemayapti»

 

AQShdagi milliy xavfsizlik agentligida otishma sodir bo‘ldi

AQShning Merilend shtatida joylashgan milliy xavfsizlik agentligi shtab-kvartirasida otishma sodir bo‘ldi.

Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

Ichki ishlar tizimida 3 ta yangi lavozim joriy etildi

Ichki ishlar xodimlari o‘qotar qurol o‘rniga elektroshoker bilan ta’minlanadi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati qayta tashkil etildi

Endi doimiy propiskasizlar ham Toshkent shahar IIBBga ishga kirishi mumkin

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i har 10 kunda TV orqali ochiq muloqot o‘tkazadi

IIBB xodimlari TATUda AKT bo‘yicha bilimlarini oshiradi

Mahalliy farmatsevtikani rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori (videosharh)

15-fevral, payshanba

YeChL. «Real» Madridda «PSJ»ni taslim etdi, «Liverpul» mehmonda beshta gol urdi

Kseniya Sobchak Vladimir Putinni sudga berdi

Rossiya prezidentligiga nomzod Kseniya Sobchak Oliy sudga Vladimir Putinni prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olish yuzasidan shikoyat qildi.

Floridadagi maktabda otishma. 17 kishi qurbon bo‘ldi

Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Ertalabki YTHda avtobus haydovchisi vafot etgani aniqlandi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi gavjum ko‘chalardan birida 72-raqamli yo‘lovchi avtobus inkassatsiya yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketdi.

Ertalabdan Toshkentda yong‘in. Qurbonlar bor

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.

«Tafsiri hilol» muharriri oilasining 7 a’zosi yong‘in qurboni bo‘ldi

«Hilol» nashriyot-matbaasi va «Islom.uz» portali ushbu nashriyotda bir necha yillar davomida muharrir bo‘lib ishlagan, shayx hazratlarining «Tafsiri Hilol», «Kifoya» kabi ko‘p asarlarini ilk bor tahrir qilgan Shahobiddin hoji Odilovning yetti nafar oila a’zosi falokat tufayli halok bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Qiroli bir-birini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Qiroli Abdulla II ibn Husayn O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.

O‘zbekiston FIFA reytingida yana 5 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston terma jamoasi jadvalda keskin ko‘tarildi — o‘tgan oyga nisbatan 5 pog‘ona yuqorilab, 72-o‘rindan joy oldi.

Prezident virtual qabulxonasi: endi onlayn rejimda savollarga javob olish mumkin

Huquqiy hujjatlarda belgilangan norma va vazifalar ijrosi doirasida «Onlayn maslahatchi» moduli test rejimida ishga tushirildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

2017 yilda yuqori darajadagi tashriflar tashkil etilib, o‘zbek-qirg‘iz chegaralari shartnomasi va boshqa bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston Prezidenti «Jeneral Elektrik» kompaniyasi vitse-prezidentini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning «Jeneral elektrik» kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollettni qabul qildi.

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari akademiyasi tashkil etiladi

Bu AT-startaplari uchun texnologik maydonchaga aylanadi, tajriba sinovlari uchun amaliy zamin va davlat organlari uchun mutaxassislar tayyorlovchi maskan bo‘ladi.

16-fevral, juma

Migratsiya zaruriyatdanmi yoki noshukurlikdanmi?

Yana ayrim sharhlarda asosiy muammo bir yoqda qolib ikkilamchi masalalarga urg‘u berilyapti. Ba’zilar xalq maqollarini ham o‘rnida yoki noo‘rin keltirganlar. Tanqid quruq bo‘lmasin uchun ayrim sharhlarni keltirib o‘taman.

Toshkent teleminorasida telefondan foydalanish va foto-video tushirishga ruxsat berildi

Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi turistlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va «Koinot» restoranida foto (selfi) va video suratga olishga ruxsat berildi.

«Google» o‘zining «Chrome» brauzeriga reklamalarni taqiqlovchi funksiyani qo‘shdi

«Google» o‘zining «Chrome» brauzeri oynasiga chiqib qoladigan reklamalarni bloklashni boshladi. Bu bilan kompaniya o‘z daromadlarining bir qismidan mahrum bo‘ladi. Yangi funksiya mashhur brauzerning 64-versiyasida paydo bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi. Birinchi kun

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi

Prezident «Yetti pir» qadamjosining qurilish ishlari chuqur o‘ylanmaganini tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buxoroda Prezidentga go‘sht narxini arzonlashtirishning muqobil varianti taqdim etildi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yangi institut tashkil etishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi bog‘chalarning biriga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev: «Buxoro xalqaro turizm markaziga aylanishi kerak»

Xalqaro turizm: Buxoroda elektrokar, havo shari va boshqalar (video)

Buxoroda mobil kinoteatrlar bo‘ladi (video)

Shavkat Mirziyoyev: Buxoro viloyatida 90 ming ish o‘rni yaratiladi

 

Qozog‘istonning tashqi qarzi 168.9 mlrd dollarga yetdi

Qozog‘iston Milliy banki o‘zining rasmiy saytida mamlakatning tashqi qarzi miqdorini ma’lum qildi. Bank xabarida keltirilishicha, respublika qarzi so‘nggi o‘n yilda 74.6 mlrd dollarga oshdi.

MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi

Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi.

MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?

Ushbu yangi tartib bo‘yicha ko‘pchilik mushtariylar savollar bilan murojaat qilib, birovning shaxsiy mulki hisoblanmish plaktik kartochkadan beruxsat pul yechib olish qanchalik to‘g‘ri yo noto‘g‘ri ekanini, buning uchun sud qarori bo‘lishi kerakligini so‘radilar. Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosining matbuot xizmati bilan bog‘landik.

O‘zbekiston «Telegram»dan foydalanish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

2017 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «Telegram» foydalanuvchilari soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Ro‘yxatda Eron va Malayziya yetakchilik qilmoqda.

«Yandex»: yanvar oyida o‘zbekistonliklarni Shohjahon Ergashevning janglari eng ko‘p qiziqtirdi

Gap O‘zbekistondagi foydalanuvchilar tomonidan qidiriladigan eng mashhur mavzular haqida emas (ushbu ro‘yxat deyarli o‘zgarmaydi), balki yanvar oyida odamlarning katta qiziqishiga va ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishiga sabab bo‘lgan mavzular borasida ketmoqda.

Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi.

Infografika

Buxoroda havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi. Bunday attraksion sayyohlarni ko‘proq jalb qilish, shaharga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonga vizasiz kiradigan davlatlarga o‘zbekistonliklar ham vizasiz bora oladimi?

«Yaqinda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Shu farmonga ko‘ra biz ham ro‘yxatda keltirilgan davlatlarga vizasiz kirishimiz mumkinmi?», degan savolga javob olindi.

«Uzbek Tigers» endi musobaqalarda ishtirok etmaydi

Boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyasida O‘zbekiston sharafini «Uzbek Tigers» jamoasi himoya qilayotganidan xabaringiz bor. Ammo jamoa ushbu mavsumda boshqa janglar o‘tkazmaydi.

MOQ: «Uzbek Tigers» faoliyati to‘xtatilmaydi»

«Uzbek Tigers» klubining faoliyati tugatilishi, O‘zbekiston jamoasi musobaqadan chiqarib yuborilishi xaqidagi mish-mishlar avj oldi. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov vaziyatga rasman izoh berdi.

Ahmadboy: «Men hech qachon birovni aldamaganman»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

«Yosh kitobxon» aniqlandi. «Spark» o‘z egasini topdi!

Yoshlar orasida mutolaa muhitini yaratish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarning intellektual bilimlarini va ma’naviy saviyasini oshirish, adabiyotning mo‘’jaz olamiga olib kirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

O‘zPFL yangi logotipga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Professional futbol ligasining yangi logotipini yaratish to‘g‘risida tanlov e’lon qilingach, O‘zPFLga ko‘plab mualliflardan turli ko‘rinishdagi ijodiy ishlar kelib tushgan.

Oltin-valyuta zaxiralarining yangi qiymatlari e’lon qilindi

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Bosh prokuraturada yangi boshqarmalar tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (15.02.2018, №PF–5343) bilan Bosh prokuratura va boshqa idoralar tashkiliy tuzilmasida o‘zgartirishlar amalga oshirildi.

17-fevral, shanba

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Atoqli olim, navoiyshunoslik ilmining yetuk namoyandalaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov 92 yoshida vafot etdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston hukumati Aziz Qayumov oilasiga ta’ziya bildirdi

Kosonsoy tumaniga hokim tayinlandi

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 2017-yildan Kosonsoy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Yuldashev Javlonbek Nabijonovich Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi. Ikkinchi kun

Shavkat Mirziyoyev Yoshlar markaziga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev: «Xalq bilan armiya bir bo‘lishi kerak»

Shavkat Mirziyoyev dunyoda ikkinchi bo‘lgan razvedkachilar bilan uchrashdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini yakunladi

Shuningdek, Buxoro viloyati hokimi ishdan olingani haqidagi xabarlar rad etildi

 

«Telegram» asoschisi Durov milliarderga aylandi

2016-yilning fevral oyida Durov «Telegram» auditoriyasi 100 milllionga yetganini, 2018-yilning 1-choragigacha bu raqam 200 millionga yetishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari endi maktabga 5 kun boradi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 11-sonli yig‘ilish bayoni bilan O‘zbekiston maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qish tartibiga o‘zgartish kiritildi.

Shavkat Mirziyoyev Litva va Xitoy davlat rahbarlarini tabrikladi

Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari ikkinchi ishidan ham bo‘shadi

2011-yildan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan polkovnik Zohid Do‘sanov 2016-yilning 20-dekabrida o‘sha lavozimdan ozod qilingan va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Temur Kapadze terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan Temur Kapadze 2018-yilgi jahon chempionatining ikki ishtirokchisi — Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga taqdim etdi.

Milliy xavfsizlik xizmati qanday bo‘lishi kerak?

Mazkur xizmat to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni (ehtimol ko‘pchilik duch kelgan) va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan qonun loyihasiga takliflarni qisqa va lo‘nda shaklda keltirmoqchiman, lekin aslida bu mavzuda butun boshli dissertatsiya yozish mumkin.

Alisher Usmonov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi raisi Alisher Usmonov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

«Google» fotoni to‘liq o‘lchamda ochish funksiyasidan voz kechdi, ammo buning hamon bir nechta usuli bor

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, surat joylashtirilgan saytni ochish mumkin bo‘lgan «o‘tish» tugmasi qoldirilgan. «Google»ning ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar suratni alohida emas, «kontekst»da ko‘rishi mumkin.

Tibetda YuNESKOning jahon merosiga kiritilgan ob’yekti yonib ketdi

Tibet muxtoriyatining poytaxti Lxasa shahrida YuNESKOning jahon madaniy merosi — Budda monastiri va Jokang ibodatxonasi yonib ketdi.

18-fevral, yakshanba

«Sevgi iztirobi» nega to‘xtatildi? Bundan boshqa tashvishimiz yo‘qmi?

Serial namoyish etayotgan telekanal esa dastlabki fasl yakunlangani bilan tushuntirish berishga urindi. Aslida bu haqiqatdan yiroqligini, hammasi serial qattiq tanqid nishoniga aylanganini, bu esa telekanalning ham faoliyatiga jiddiy xavf solayotganini go‘dak ham bilardi.

Sobiq davlat xizmatchisi qanday qilib 3D-printerlar ishlab chiqaruvchi startapga asos solgani haqida

«Greencode Lazer» hamasoschisi Nurmat Xudanov davlat xizmatidan ketdi va 3D-printerlar qurilmasini o‘rganib, mamlakatda birinchi bo‘lib uning davomiy ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydi.

Hududlarda AKTni joriy etish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi

«Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi.

Germaniyaga o‘qishga ketib, o‘limini bo‘yniga olib yurtga qaytgan jadidlar haqida nimalarni bilamiz? (video)

Bugungi suhbatdoshimiz «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi katta ilmiy xodimi Bahrom Irzayev o‘z umrini, ilmiy salohiyatini ayni shu mavzuni to‘la-to‘kis ochib berishga bag‘ishlagan insondir. U kishi bilan kechgan suhbatimiz siz azizlarga qiziqarli bo‘ladi, degan umiddamiz.

Yangi qaror bilan uy-joyga muhtoj oilalarning mezonlari belgilandi

Hukumat qarori bilan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

O‘zbekistonda «Apostille» qo‘yilganligi uchun to‘lov miqdori 10 baravarga kamaytirildi

Hukumatning 2018-yil 17-fevraldagi qarori bilan O‘zbekistonda tuzilgan rasmiy hujjatlarga maxsus shtamp – «Apostille» qo‘yilganligi uchun to‘lov miqdori 10 baravarga kamaytirildi, ya’ni 172 240 so‘mdan 17 224 so‘mga tushirildi.

Eronda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Tehrondan Yasuj shahriga uchayotgan vaqtda Eronning ATR 72-600 rusumli samolyoti mamlakatning markaziy qismida, Isfahon viloyatining tog‘li hududidagi Semirom aholi punkti yaqinida qulab tushgan.

Sip-silliq bo‘lmagan serialga malomatlar

Hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz? Unda yaxshilik ham, yomonlik ham, sadoqatu xiyonat ham uchraydi. Busiz mumkin emas. Serial degani shularni aks ettiradi, xolos! Hayotda, oilada yuz berayotgan jarayonlar, o‘zaro ziddiyatlar badiiylashtirilib suratga olinadi va TVga olib chiqiladi.

Aks-sado: hammasidan o‘zimizning «Qaytar dunyo» yaxshi

«Kara sevda» seriali haqida juda ko‘p gapirildi. Men gapirmoqchi emas edim. Ammo bularni yozishga Anvar Namozovning «Xabar.uz» saytida e’lon qilingan «Sip-silliq bo‘lmagan serialga malomatlar» maqolasi turtki bo‘ldi.

Zokirjon Almatov: «90-yillardagi taloto‘plar har qanday rahbarni dovdiratib qo‘yardi»

O‘zbekiston Respublikasining sobiq ichki ishlar vaziri (1991-2005 yillar), general-polkovnik Zokirjon Almatov birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarni yodga oldi.

Kimlar Majburiy ijro byurosiga ishga olinmaydi?

Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.

Dog‘istonda mahalliy fuqaro odamlarni o‘qqa tutdi. Qurbonlar bor

Bugun Dog‘istonning Kizlyar shahrida Maslenitsa bayramini nishonlash vaqtida 23 yoshli mahalliy fuqaro odamlarni o‘qqa tutdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring