Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yo‘qotilgan» 17 mingta hamyon. Qanchasi qaytarildi?

«Yo‘qotilgan» 17 mingta hamyon. Qanchasi qaytarildi?

«Yo‘qotilgan» hamyonlar va ichidagi narsalari.

Foto: «Life»

Ko‘chadan hamyon topib olsangiz nima qilasiz? Bir tomonda — pulning kuchi, ikkinchi tomonda — halollik. Mana shu ta’sirlarni o‘rganish uchun bir guruh tadqiqotchilar 40 mamlakatning 355 shahrida 17 303 ta hamyonni «yo‘qotib» qo‘yishdi.

Hamyonlarning ayrimlari qup-quruq, boshqa birlariga esa mamlakatlardagi o‘rtacha daromadga qarab mahalliy valyutada 13—94 AQSh dollaridan solib qo‘yildi. Yana birlarida kalit bor edi. Barcha hamyonlarni birlashtirib turgan narsa — tashrif qog‘ozi va o‘sha davlat tilidagi mahsulotlar ro‘yxati edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, yo‘qotilgan hamyonning qaytarilish-qaytarilmasligiga uning ichidagi narsalar ham ta’sirini o‘tkazarkan.

Fuqarolarning halollik ko‘rsatkichi (infografika)

Tadqiqot natijalari.

Ko‘rinib turibdiki, aksariyat hollarda hamyonlar qaytarib berilgan. Biroq bu o‘ziga to‘q, jamiyat yuqori taraqqiy etgan, turli-tuman reytinglarning tepasida ko‘raverib ko‘zimiz pishib ketgan mamlakatlarda: Shveysariya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya,... Holbuki, bu 40 talik ro‘yxatga chakana mamlakatlar kiritilmagan. Umuman olganda, mamlakatlar kesimida fuqarolarning halollik ko‘rsatkichi 14 foizdan 76 foizgachani tashkil etgan.

Bir e’tiborli jihat: ichiga kalit solib qo‘yilgan hamyonlar eng ko‘p qaytarilgan, tadqiqotda qatnashganlarning fikricha, hamyon egasi uchun kalit puldan ham muhim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring