Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar ittifoqi yuristi yangi lavozimga tayinlandi

Yoshlar ittifoqi yuristi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Yosh huquqshunoslar kengashi nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan edi.

Bugun, 1-martdan Yosh huquqshunoslar kengashi o‘z faoliyatini rasman boshladi. Kengashning asosiy maqsadi — mamlakatimizning turli hududlarida olib borilayotgan sud-huquq islohotlarida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish, yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, turli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyati, bilimlari hamda mas’uliyatini muntazam oshirib borish hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Kengash o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirish uchun Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yoshlar manfaatlarini sud va suddan tashqarida himoya qilish, Huquqbuzarlik sodir etgan yoshlar bilan ishlash, Tashkiliy, kadrlar va axborot-tahlil bo‘limlari, Yuridik klinika hamda Matbuot xizmatidan iborat tarkibda shakllantirilgan.

Mazkur kengashga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yuridik ishlar bo‘limi mudiri Bahrom Ilhomjonov rahbar etib tayinlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring