Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi Nabi Jaloliddin hikoyalari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlandi

Yozuvchi Nabi Jaloliddin hikoyalari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlandi

Foto: «Nabijaloliddin.uz»

Farg‘ona davlat universitetida o‘qituvchi Abduvahob Qayumov «Hozirgi o‘zbek nasrida milliy xarakter va badiiy mahorat» mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini yoqladi. Bu haqda yozuvchining rasmiy saytida xabar berildi.

Dissertatsiya mavzusiga taniqli yozuvchilar O‘tkir Hoshimov va Nabi Jaloliddin hikoyalaridagi milliylik misol qilib olingan. Filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldoshxo‘ja Solijonov ushbu dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qilgan.

«...Nabi Jaloliddin shaxsida milliy xarakter haqidagi qarashlarning shakllanishiga ichki omillar kuchli ta’sir ko‘rsatgani seziladi. Uning publitsistik maqolalari, e’lon qilingan suhbatlari, tarjimai holi bilan tanishib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, «Ko‘zim-qarog‘imsan, Vatan!» nomli maqolasida Nabi Jaloliddin «Bayroq» hikoyasini «o‘z farzandlarimni kuzatib yozganman» degan fikrni bildiradi. Yozuvchi farzandlariga «imkon topding deguncha, milliy urf-odatlarimizni boshqalarga ko‘z-ko‘z qil. Ularga aralashib, singib ketma, o‘z qiyofangni saqla», deb aytgan o‘gitlariga, avvalo, o‘zi ham amal qiladi. Bir qator hikoya, qissa va romanlarida o‘zbek xalqining milliy mentalitetiga xos xususiyatlarni singdirib yuboradi. Masalan, «Do‘ppi», «Og‘riq», «Chuvalchang yoqqan kecha», «Yuraklar» hikoyalarida millatimizga xos an’analar, urf-odatlar keng yoritilgan va ularning ko‘pini adib o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan yoki boshdan kechirgan», deb yozadi A.Qayumov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring