Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuriy Shatunov 48 yoshida vafot etdi

Yuriy Shatunov 48 yoshida vafot etdi

Taniqli rus qo‘shiqchisi Yuriy Shatunov kecha kechqurun 48 yoshida vafot etgan. Bu haqda rus nashrlari xabar tarqatgan.

Xonandaning o‘limiga turli omillar sabab bo‘lgani aytilgan. Xususan, u tez yordam mashinasida olib ketilayotganda infarktdan o‘lgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, Shatunov shifoxonada vafot etgan. Ba’zi manbalar uning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lganini bildirgan.

«Zvezda» telekanaliga intervyu bergan xonandaning menejeri tez yordam mashinasida infarktdan halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Yuriy Shatunov 1973 yilda tug‘ilgan. U «Laskoviy may» guruhida va keyinchalik yakkaxon xonanda sifatida 1980-90-yillarda xit qo‘shiqlarni kuylagan. Uning ijrosidagi «Belie rozi», «Sedaya noch», «Leto», «Pust budet noch» kabi qo‘shiqlari o‘zbek muxlislari tomonidan ham sevib tinglangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik boshqa bir xonanda Per Natsiss ham 45 yoshida olamdan o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring