Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada mebel sexi yonib ketdi

Zangiotada mebel sexi yonib ketdi

Illyustrativ foto

2019-yil 23-yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Namuna mahallasida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor K.N.ga tegishli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Yong‘in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining 150 kv. metr maydonda tom qismi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring