Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotadagi yangi hibsxona nega sakkiz qirrali shaklda qurildi?

Zangiotadagi yangi hibsxona nega sakkiz qirrali shaklda qurildi?

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — Ichki ishlar vazirining Matbuot kotibi Qutbiddin Burhonov O‘zA muxbiriga yangi hibsxona haqida ma’lumot berdi.

— Prezident qarori asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan tergov hibsxonasi qurildi, — deydi Qutbiddin Burhonov. — Hozirgi kunda «Toshturma»da saqlanayotgan mahkum va mahbuslarning barchasi yangi binoga ko‘chirildi. Xalq orasida «Toshturma» nomi bilan mashhur Toshkent shahridagi 1-sonli tergov hibsxonasi 1891-yilda Chor Rossiyasi amaldorlari buyrug‘iga binoan toshdan barpo etilgan. O‘zaro yer osti va yer usti yo‘llari bilan bir-biriga bog‘langan to‘rt korpus mavjud bo‘lsa-da, binoning umumiy ahvoli bugungi kun talablariga, xalqaro standartlarga javob bermasdi.

Q.Burhonovning xabar berishicha, xalqaro va zamon talablariga javob beruvchi, qurilishi va jihozlanishi jihatidan MDH davlatlari ichida yagona hisoblangan ushbu hibsxona sakkiz qirrali yulduz shaklida qurilgani kameralarga har tomonlama yorug‘lik tushishini ta’minlaydi. Shuningdek, mahkum va mahbuslarning yaqin qarindoshlari, advokatlari bilan uchrashuv xonalari mavjud.

— Mazkur amaliyot O‘zbekistonda inson huquqi oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgani, jazo muddatini o‘tayotgan shaxsga nisbatan uning ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi davlat fuqarosi ekani, mavqei, irqi, dinidan qat’i nazar, avvalambor, inson sifatida munosabatda bo‘linayotganidan darak beradi, — deydi Qutbiddin Burhonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring