Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotalik 9 yoshli bolakay maktabga qabul qilindi

Zangiotalik 9 yoshli bolakay maktabga qabul qilindi

Foto: «Oila davrasida» gazetasi

Kecha, dastlab «Oila davrasida» gazetasida ko‘tarilgan «Ko‘chada qolgan bola» maqolasi asosida «Bir muammo izidan. Zangiotalik bolakayni nega maktabga qabul qilishmayapti?» nomli maqola e’lon qilgan edik.

Xalq ta’limi vazirligidan bizga ma’lum qilishlaricha, ushbu muammo Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan va bugunning o‘zida ijobiy hal etilgan.

«To‘qqiz yoshli Omonov Baxtiyor Zangiota tumanidagi 33-sonli maktabning 2-sinfiga qabul qilindi. O‘quvchini ta’lim muassasasiga qabul qilishda zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash uchun tuman hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasiga ariza bilan murojaat qilindi.

Hozir Baxtiyor tengdoshlari bilan birga ta’lim olmoqda, yangi muhitga moslashish hamda qoldirilgan mavzularni o‘zlashtirishda unga maktab psixologi va sinf rahbari yaqindan yordam bermoqda. Shu o‘rinda, vazirlik tomonidan barcha hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari rahbarlariga 7 yoshga to‘lgan har bir bola Konstitutsiyamiz bilan kafotlangan bepul ta’lim olishga haqli ekani va bu huquqni ta’minlashda barcha darajadagi rahbarlar shaxsan mas’ul ekani yana bir bor eslatildi», — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring