Anjuman va seminarlar

«Dasturiy mahsulot ishlab chiqarish industriyasini rivojlantirish vazifalari va uning O‘zbekiston Respublikasi sharoitidagi yechimlari» mavzuida respublika ilmiy-texnik anjumani

15 Oktabr 2010 O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2010 yil 14 apreldagi aloqa va axborotlashtirish tizimida 2010 yilda xalqaro, respublika ilmiy-texnik anjumanlarni o‘tkazish rejasi to‘g‘risidagi 154-buyrug‘iga binoan Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati va Agentlikning Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va bozorini rivojlantirish bo‘limi tomonidan joriy yilning 26-27 oktabr kunlari «Dasturiy mahsulot ishlab chiqarish industriyasini rivojlantirish vazifalari va uning O‘zbekiston Respublikasi sharoitidagi yechimlari» mavzuida respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumanida qatnashishga taklif etamiz.

Ushbu anjumanning o‘z vaqtida hamda samarali o‘tkazilishini taminlash maqsadida, ishtirokchilar ro‘yxati va ma'ruzalar tezisini 2010 yil 20 oktyabriga qadar elektron ko‘rinishda (info@cppmp.uz e-mail manziliga) taqdim etishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun telefonlar/faks: (+998-71) 277-55-44; (+998-71) 150-51-41.