Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18-19 oktyabr kunlari Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi

18-19 oktyabr kunlari Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Foto: «Sputnik»

Shu yilning 18-19 oktyabr kunlari Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar beradi «Podrobno.uz».

18-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari – Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rasmiy tashrif doirasida birinchi marta mintaqalararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi.

Rossiya ayni paytda O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy hamkoridir. O‘zbekistonda hozir 960 dan ziyod Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Savdo-sanoat palatasi tahminlariga ko‘ra, yil oxirigacha ular soni mingdan oshadi. Rossiyada ham O‘zbekistonning 560dan ziyod korxonasi faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, savdo aylanmasi 3,6 milliard dollarni tashkil qilib, 33,9 foizga o‘sgan.

Shu yilning yanvar-fevral oylarida tovar ayirboshlash 50,2 foizga oshib, 600 mln dollarni tashkil etdi. Rossiyadan O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar 8,6 milliarddan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring