Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Abdulaziz Komilov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Saudiya tashqi siyosat mahkamasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama robitalarni barcha sohalarda mustahkamlash yo‘llari muhokama etilgan. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi so‘nggi voqealar hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Avval xabar berganimizdek, A.Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan kezlar, joriy yil fevral oyida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxonga diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan maktub yo‘llagan edi.

Maktubda ikki davlat munosabatlari so‘nggi yillarda ijobiy sur’at kasb etib, amaliy mazmunga ega bo‘layotgani, hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan. O‘zbekiston podshohlik bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 16-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro anjuman doirasida Saudiya tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxonni qabul qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring