Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga qo‘ygan cheklovga qanday munosabat bildirdi?

Abdulla Aripov Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga qo‘ygan cheklovga qanday munosabat bildirdi?

Foto: «UzDaily»

Bugun, 17 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hukumat a’zolari ishtirokida deputatlar tomonidan O‘zbekistonning bosh moliyaviy hujjati loyihasi – soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Bosh vazirga murojaat etib, Ukrainaning o‘zbek avtomobillariga nisbatan qo‘ymoqchi bo‘layotgan cheklovlariga qarshi yaqinda deputatlarning munosabati va bildirgan taklifi bo‘yicha Hukumat tomonidan qanday choralar ko‘rish rejalashtirilayotganligini so‘radi. Deputat o‘z so‘zida agar zarur bo‘lsa Hukumat Ukraina mahsulotlari importining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi boshqa mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekanligini bildirib o‘tdi.

Bosh vazir deputatning ushbu taklifiga javoban mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida uzoq va yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni olib borishga alohida e’tibor qaratilayotganligi va shu bois, Ukraina parlamenti tomonidan ko‘tarilib Ukraina hukumatiga kiritilgan O‘zbekiston avtomobillariga qarshi cheklov o‘rnatish bo‘yicha choralarga qarshi har qanday chora qo‘llashda vazminlik va bosiqlik bilan ish tutish zarurligini ma’lum qildi. 

Hukumat rahbari o‘z so‘zida ayni vaqtda O‘zbekistondagi tegishli vazirlik va idoralar Ukraina tomoni bilan mazkur masalada aniq yechimga kelish ustida ishlayotganligi va yaqin vaqt ichida tomonlar o‘zaro manfaatli to‘xtamga kelinishiga ishonch bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring