Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston vakillari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti rasmiylari bilan uchrashdi

O‘zbekiston vakillari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti rasmiylari bilan uchrashdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov, BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashining yuksak darajadagi sessiyasi doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bosh direktori Frensis Garri bilan uchrashdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Xususan, milliy qonunchilikka xalqaro standartlarni implementatsiya qilish, IM sohasidagi xalqaro integratsiya oqibatlarini yumshatish va milliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish, Agentlik ish sifatini oshirish va uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash shular jumlasidandir.

O‘zbekiston tomoni BIMT rahbariyatiga mamlakatimizda intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi, investitsion jozibadorlikni oshirish tizimida amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Prezidentimizning 2019-yil 8-fevraldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tuzilmasiga o‘tkazildi. Sohani kompleks rivojlantirish, jumladan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi monitoring va tahliliy ishlarni kuchaytirish ko‘zda tutilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. BIMT rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston haqidagi statistik ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligi, to‘liq va ishonchliligini ta’minlashga doir hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazishga e’tibor qaratdi. Kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali ularning salohiyatini oshirish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: BIMT jadal texnik taraqqiyot, globallashuv va intellektual mulk (IM) xizmatlariga ortgan talab natijasida xalqaro patent va mualliflik huquqi tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tartibga solish va nazorat qilish, IM tizimi tomonidan butun dunyoda ijod va innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring