Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘oniston janubida «Tolibon» hujumi natijasida yigirmadan ortiq askar halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubida «Tolibon» hujumi natijasida yigirmadan ortiq askar halok bo‘ldi

Afg‘oniston armiyasi harbiylari.

Foto: «Apdnews.com»

24 fevral kuni Afg‘onistonning janubi-g‘arbidagi Farax viloyatida «Tolibon» hujumi natijasida kamida 25 nafar afg‘on askari halok bo‘lgan. Bu haqda «Pajhwok» agentligiga tayanib TASS xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga qaraganda toliblar harbiy bazaga hujum uyushtirgan.

Oldinroq Kobul markazidagi portlashda ikki kishi halok bo‘lgan, olti kishi yaralangan edi. Bir vaqtning o‘zida Afg‘oniston janubidagi Lashkargoh shahrida yuz bergan teraktda bir kishi qurbon bo‘lgan va o‘n kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring