Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Afg‘oniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Foto: TIV matbuot xizmati

Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilning 14 fevral kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida vazir Afg‘oniston prezidenti va u orqali butun afg‘on xalqiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy hurmati va tinchlik va farovonlik izhor etilgan eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik siyosiy muloqotlarini boshlash doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni mazkur muloqot afg‘onlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirishi muhimligini ta’kidlaydi.

Prezident Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston prezidenti va birodar o‘zbek xalqiga mamlakatidagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish, uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasidagi izchil va qat’iy sa’y-harakatlar uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Suhbatda O‘zbekiston – Afg‘oniston kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Avvalo, O‘zbekiston bilan birgalikda transafg‘on tranzit yo‘laklarini tashkil etish va mintaqadagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan yirik transport, energetika va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari to‘g‘risida so‘z borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring