Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi

AKT vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. 

Dasturga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar, monitoring va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqidagi zarur axborotlarni doimiy kiritib borishni nazarda tutuvchi maxsus elektron axborot tizimini ishlab chiqadi. 

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini maqbullashtirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorlar bilan birgalikda elektron navbat va davlat xizmatini ko‘rsatishning borishini masofadan videokuzatish tizimlarini joriy etish, olis aholi punktlarida mobil davlat xizmatlari markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mobil aloqa vositalari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan vazifalarni amalga oshiradi. 

Shuningdek, farmonga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Bunga qadar Iqtisodiyot vazirligi ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga mas’ul edi.

Hujjatning yana bir ahamiyatli jihati: 

- yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar; 

- venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar; 

- ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha; 

- yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha 2023-yil 1-yanvarga qadar yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilindilar. 

Bu esa innovatsion g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish, startaplarni loyihalashtirishda xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish uchun chekka hududlarda 2000 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tortish, internet tezligini bir necha barobar oshirish va 4 mingdan ziyod mobil aloqa tayanch stansiyalarini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring