Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Usmonov nega tamaki biznesi bilan shug‘ullanmasligini izohladi

Alisher Usmonov nega tamaki biznesi bilan shug‘ullanmasligini izohladi

Foto: «Forbes»

«Forbes» «Megafon» va «Mail.ru» kompaniyalari egalaridan biri, rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovning o‘z millati, xayriya faoliyati, yaxshi odamlar yomonlardan ko‘proq ekanligi haqidagi va boshqa mavzulardagi eng yorqin fikrlarini keltirib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Quyida ushbu fikrlarning ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Biznes — baribir g‘arazli ish, bunda g‘araz daromad olishdan iborat.

Men uchun pul — bu funksiya. U nimagadir erishish imkoniyatini beradi, yutuqlaringiz o‘lchovi bo‘lishi mumkin yoki, aksincha, uning miqdoriga qarab, muvaffaqiyatsizliklaringiz haqida bilib olish mumkin.

Bir kuni, 93 yillarda odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan narsalar bilan savdo qila olmasligimni tushunganman. Musulmon sifatida ham menga zahar sotish munosib emas. O‘shandan beri men uchun tamaki biznesi yo‘q.

Kimgadir yordam berayotgani haqida maqtanish odamning past darajadagi madaniyatini ko‘rsatadi.

Harakatsizlik haykalga yarashadi. Biznesda esa dinamizm — daromadingiz kafolati.

Men o‘zbek ekanligimdan faxrlanishim haqida ko‘p marta aytganman. Bu mening ona yurtim ekanligidan g‘ururlanaman. O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston rahbariyati uchun qanaqa foydam tegishi mumkin bo‘lsa, barchasini qilishga tayyorman. Har doim va istalgan daqiqada.

Men ishonch yoki boshqa tuyg‘ular ostida hamma narsamni berib yuboradigan odam emasman, men barcha kompaniyalarni yaxshilab o‘rganib chiqaman.

Men boshqa umuman hech narsa sotib olmoqchi emasman, deyarli. Bizning xayriyaga qaratilgan dasturlarimiz faoliyatini ta’minlaydigan narsalardan tashqari.

Yaxshi odamlar doim yomonlardan ko‘proq, aks holda, qiyomat qoyim yetib kelgan bo‘lardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring