Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstriyada elchimiz YXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Avstriyada elchimiz YXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Foto: «Uzdaily.com»

2019 yil 21 may kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, YXHT hamda Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlarning doimiy vakili Sherzod Asadov YXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va YXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili o‘rtasida ochiq va do‘stona muloqot o‘rnatilganini mamnuniyat bilan qayd etishdi, ikki taraflama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Arlem Dizer O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun zarur sharoit yaratish, jurnalistlar nufuzi mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan harakatlarni, shuningdek, xorijiy yangiliklar saytlari va inson huquqlari bo‘yicha veb-resurslardan to‘laqonli foydalanish imkoni tiklanganini alohida e’tirof etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, xususan, OAV rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish va axborotlarni hech qanday to‘siqlarsiz olish kabi masalalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida YeXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili mandati doirasida 2019 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda qator tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring