Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikistonga boradi

Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikistonga boradi

Joriy yilning 14-17-sentabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Xitoyning vakolatli vakillari 2018-yil oktabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qilindi. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ushbu tadbirda qatnashadi

Shuningdek, shu yilning 19-sentabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar temir yo‘llari ma’muriyatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, bayonnoma imzolash rejalashtirilmoqda.

20-21-sentabr kunlari esa ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring