Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun 7 davlat vazirlari Samarqandda uchrashadi

Bugun 7 davlat vazirlari Samarqandda uchrashadi

Foto: «zarnews.uz»

12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokida ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Unda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Muxtor Tleuberdi, shuningdek, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy ishtirok etadi.

«O‘zA»ning xabar berishicha, asosiy tadbirlar ertaga, 13-yanvar kuni o‘tkaziladi. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida o‘tadigan uchrashuvda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirishga ko‘maklashish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb qilish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Vazirlarning birinchi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring