Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chustlik yosh olimning yangi tajribasi Prezidentni lol qoldirdi

Chustlik yosh olimning yangi tajribasi Prezidentni lol qoldirdi

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi «Baraka meva sanoat servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Korxona faoliyatini 2015-yilda yong‘oq, mayiz va kovulni eksport qilishdan boshlagan. Hozirda bu yerda kungaboqar, fasol, urug‘lik kartoshka, duragay makkajo‘xori, pomidor ham parvarishlanmoqda.

Jamiyat tomonidan intensiv bog‘ tashkil etilib, eksportbop mevalar yetishtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 9,6 milliard so‘m bo‘lib, yiliga 4 ming 600 tonna yong‘oq yetishtirish, bir yilda 40 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot olish rejalashtirilgan. Hosilning 70 foizini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Prezident mazkur korxona imkoniyatlari bilan tanishdi. Intensiv usulda qurilgan issiqxonani kirib ko‘rdi.

Aeroponika usulida kartoshka urug‘i yetishtirish tajribasi Prezidentda katta taassurot qoldirdi. Yosh olim Sherzod Toshpo‘latov tatbiq etgan bu usul orqali an’anaviy usulga nisbatan 6 barobar yuqori hosil olish mumkin.

Davlat rahbari ushbu tajriba asosida Namanganda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishga doir maxsus qaror ishlab chiqish, butun mamlakatimizga hosildor urug‘ yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shu yerning o‘zida 2018-2019-yillarda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, pillachilikni rivojlantirish, tutzorlar tashkil etish, qurg‘oqchil maydonlarning suv ta’minotini yaxshilash, paxtadan bo‘shagan yer maydonlariga bozorgir ekinlar ekish, bular orqali viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring