Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqi Suriya masalasi bo‘yicha konferensiya o‘tkazadi

Yevropa ittifoqi Suriya masalasi bo‘yicha konferensiya o‘tkazadi

Federika Mogerini.

Foto: «NewsRoyal.com»

Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Bryusselda Suriya masalasi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Mogerini bu haqida Sofiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig‘ilishida malum qilgan.

«Biz Bryusselda Suriya va Yaqin Sharq mintaqasi kelajagi bo‘yicha ikkinchi konferensiyani o‘tkazamiz. Birinchi navbatda gumanitar yordam nuqtai nazaridan, albatta. Urush hanuz davom etmoqda. Biz Suriya ichkarisi va unga qo‘shni Livan, Iordaniya, Turkiya davlatlarida ham gumanitar yordam choralarini kuchaytirish niyatidamiz», — deya ma’lumot bergan Mogerini. U shuningdek Quvaytda BMT bosh kotibi bilan ham mazkur masalani muhokama qilgani haqida aytgan. «Ushbu konferensiyada YI va BMT hamkorlikda ish olib boradi», — degan Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring