Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: «Uza.uz»

Bugun, 16-iyul kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodaning amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Delegatsiyalar tarkibiga vazirliklar va idoralar, yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari kiritilgan.

Bosh vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo oliy darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston—Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.

Shuningdek, joriy yilning mart oyidagi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi va Emomali Rahmon bilan muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdodagi o‘sishning ijobiy dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo aylanmasi 2018 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilga nisbatan 35 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Ta’kidlanganidek, ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi va geografik qo‘shnilik va past transport xarajatlari tufayli raqobat ustunligiga ega.

Savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni faollashtirish maqsadida tomonlar Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish hamda O‘zbekiston va Tojikiston hududida ikki davlat ishbilarmon doiralari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga kelishib oldi.

Farg‘onadagi muzokaralar yakunida uchrashuv bayonnomasi imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring