Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ikki deputatning vakolati muddatidan avval tugatildi

Farg‘onada ikki deputatning vakolati muddatidan avval tugatildi

Foto: «uz24.uz»

Shu yilning 15 mart kuni Farg‘ona viloyat hokimligi kichik majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Farg‘ona haqiqati” gazetasiga asoslanib «Uz24» yozmoqda.

Sessiyani viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev olib bordi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan deputatlar tomonidan Farg‘ona politexnika instituti rektori Oybek Otaqulov va viloyat “Sirdaryo – So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi sobiq boshlig‘i A’zamjon Rahmatullayevlarning deputatlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring