Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada Rossiya prezidenti saylovi uchun saylov uchastkalari ochilmadi

Gruziyada Rossiya prezidenti saylovi uchun saylov uchastkalari ochilmadi

Foto: Frank Miller / Commons.wikimedia.org

Shveysariyaning Gruziyadagi elchixonasi qoshidagi Rossiya manfaatlari seksiyasi vakili Gruziya hududida Rossiya prezidenti saylovi uchun saylov uchastkalari ochilmasligi haqida xabar berdi. Bu haqda «Interfaks» agentligi ma’lumotiga asoslanib, «Aif.ru» nashri ma’lum qildi.

Agentlik manbasining izoh berishicha, Gruziya va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emasligi tufayli gruzin hukumati tashabbusi bilan Gruziya hududida Rossiya prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmaydi.

«Prezident saylovi vaqtida Gruziyada bo‘lgan Rossiya fuqarolari qo‘shni davlatlar — Ozarbayjon va Armanistonga borib ovoz berishlari mumkin», — degan diplomat.

Bugun, 18 mart kuni Rossiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda rekord miqdorda xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring