Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imomali Rahmon: «Islom Karimov ocharchilik davrlarida Tojikistonga katta yordam bergan»

Imomali Rahmon: «Islom Karimov ocharchilik davrlarida Tojikistonga katta yordam bergan»

Foto: «mustaqillik-asoschisi.uz»

1990-yillarda Tojikistonning Ko‘lob shahrida dahshatli ocharchilik yuzaga keldi. Vaziyat shunday murakkab ediki, odamlar nonga navbatda turganlaricha o‘lib qolar edi. O‘sha og‘ir damlarda xalq uchun non kerak edi, faqat va faqat non zarur edi! Ko‘lob ahli ob-havo noqulay kelmasligini Yaratgandan iltijo qilib so‘rashardi.

Foto: «mustaqillik-asoschisi.uz»

Islom Abdug‘aniyevich va butun o‘zbek xalqi har kuni tojikistonliklar uchun Termizdan Ko‘lobga 17 vertolyot un jo‘natardi. Yaxshi eslayman, bolalar uchib o‘tayotgan vertolyotlarni sanardilar: agar bugun 17 ta vayertolyot qo‘nsa, demak non zavodi ishlaydi va ular ochlikdan o‘lmaydilar...

Imomali RahmonTojikiston Respublikasi Prezidenti

 1998-yil, yanvar

Manba: mustaqillik-asoschisi.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring