Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘ksaroyda Misr prezidentini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi

Ko‘ksaroyda Misr prezidentini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Bugun, 5-sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Halil as-Sisini Ko‘ksaroyda tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, Misr va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangraganidan so‘ng, martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Har ikki mamlakat prezidenti tor va keng doiradagi muzokaralarda ishtirok etadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring