Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimizda davlat organlarining turlari, farqlanuvchi jihatlari va vazifalari belgilanadi

Mamlakatimizda davlat organlarining turlari, farqlanuvchi jihatlari va vazifalari belgilanadi

Davlat dasturining har bir bandi yangiliklarga boy.

Foto: Trend

O‘zbekistonda davlat organlarining turlari (vazirlik, davlat qo‘mitasi, agentlik, inspeksiya, markaz va h.k.), farqlanuvchi jihatlari va vazifalari qonun bilan belgilanadi kutilmoqda. Mazkur masala «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur masala O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi parlamentga murojaatida ko‘tarilgandi.

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan. Xususan, davlat boshqaruv organlari tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari ishlab chiqilishi belgilangan.

Davlat dasturi kecha, 22-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. Mavzuga doir qo‘shimcha tafsilotlar tez orada ma’lum qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring