Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni e’lon qilindi.

– Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralikni mustahkamlash, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy jurnalistika yo‘nalishlari uchun yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Butayev Shoyim Primkulovich - «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi muharriri

Mirzayarov Uktam Xayrullayevich - «Guliston» va «Teatr» jurnallari bo‘lim muharriri

Nuritdinov Xayrulla Bokidjonovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» davlat muassasasi direktori

«Do‘stlik» ordeni bilan

Alimbekova Jumakul Maulenovna - «Nurli jol» gazetasi mas’ul kotibi

Aripov Maxmudjon Musinovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bo‘lim katta muharriri

Axrorov Mirasror Mirabrorovich - «Ovozi tojik» gazetasining Farg‘ona va Andijon viloyatlari bo‘yicha muxbiri

Djunaydullayeva Ugiloy Inatullayevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi guruh muharriri

Yerejepov Baxitbay Kengesbayevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Nukus teleradiomarkazi» filiali bosh ovoz rejissyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Sadikov Xusanbori Mirganiyevich - «Mushtum» jurnali bosh rassomi

Shametov Baxtiyor Almetovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Toshkent» teleradiokanali» davlat muassasasi guruh bosh rejissyori

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Kamilov Sardor Abduraximovich - «Milliy telekanal» mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh muharriri va prodyuseri

Omanov Muxiddin Sattarovich - «O‘zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasining bolalar va badiiy adabiyotlar tahririyati mudiri

Radjabov Dilshod Esanovich - «Muharrir» nashriyoti bosh muharriri

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Talipjanova Shafoat Manapovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» teleradiokanali» davlat muassasasi bosh muharririyati katta muharriri

Fayziyev Davron Axmedjanovich - O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi boshlig‘i

«Shuhrat» medali bilan

Abdunazarov Ravshan Sattarovich - «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasining Surxondaryo radioteleuzatish markazi stansiya yetakchi muhandisi, Surxondaryo viloyati

Ajimuratov Azamat Lepesbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining axborot bo‘limi boshlig‘i

Arslonova Jamila Amirovna - Zangiota tumani «Istiqbol» gazetasi muxbiri, Toshkent viloyati

Axmedov Ibroxim Raximovich - «Grand» radiostansiyasi bosh muharriri va boshlovchisi

Axmedov Qobuljon Xoliqovich - «Mening yurtim» telekanali bosh direktori

Vohidov Jur’at Samandarovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi montajchisi

Davletova Nozimaxon Eldarovna - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori

Jo‘rayev Olim Ergashevich - Buxoro viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi

Ismailov Muzaffar Abdullayevich - «Daryo.uz» veb-sayti rahbari

Kaysarov Timur Adixamovich - «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati mas’ul kotibi

Kenjayev Ruslan Alisherovich - «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari

Qosimova Norinisa Ergashevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi

Madumarova Baxrinsa To‘xtasin qizi - «Zamon.uz» veb-sayti bosh muharririning o‘rinbosari

Mazitov Abduraim Malikovich - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi ishchisi

Mamirov Suyundik Maxammatovich - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh mutaxassisi

Muminov Ergash Abdumigatovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʻzbektelefilm» davlat muassasasi sahnalashtiruvchi kinorejissyori

Nasirova Irodaxon Xusanovna - «Zo‘r TV» telekanalining prodyuseri va boshlovchisi

Otaboyeva Gulnora Xosiljonovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi «Asr» studiyasi siyosiy sharhlovchisi

Rasulov Baxodir Baxtiyorovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali teleoperatori

Raximova Ra’no Mirfazilovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi suxandoni

Raximxodjayev Zayniddin Xusniddinovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi yetakchi mutaxassisi

Rizayev Akbar Mansurovich - O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i

Ruziyeva Fazila Muxtorovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ixtisoslashgan fond va majburiy nusxalarni saqlash xizmati rahbari

Saidov Ikrom Tulyaganovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Maxsus avtokorxona» davlat muassasasi haydovchisi

Toshniyazova Gulmira Xusanovna - «Kun.uz» veb-saytining Toshkent shahri bo‘yicha muxbiri

Umarov Dilshod Sodikovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo‘ylab» telekanali» davlat muassasasi efirga uzatish bo‘limi bosh rejissyori

Urinbayeva Sevara Kuchkaraliyevna - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Axborot xizmati rahbari – jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Xaitaxunov Shukur Djalilovich - Jalaquduq tumani «Jalaquduq hayoti» gazetasi muharriri, Andijon viloyati

Shodiyeva Lolajon Ozodovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» radiokanali rejissyorlar bo‘limi bosh rejissyori

Yaxshiboyeva Ozoda Abdujalolovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi guruh muharriri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring