Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Men yuradigan yo‘lni bo‘yagan bilan odamlar rahmat demaydi» (video)

Shavkat Mirziyoyev: «Men yuradigan yo‘lni bo‘yagan bilan odamlar rahmat demaydi» (video)

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Sirdaryo viloyatiga borgani haqida xabar bergan edik.

Sayxunobod tumanida Sirdaryo viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi yig‘ilishda davlat rahbari o‘zining joylarga tashrifi oldidan viloyat, tuman va shaharlardagi mutasaddi rahbarlar tomonidan qilinayotgan ko‘zbo‘yamachiliklarni qattiq qoraladi. 

«Mana shu hududlarga tashrif buyicha atrofimdagi kattakonlarga ham topshiriq beraman, Lekin ko‘p joylarda juda ko‘p ko‘zbo‘yamachilik [бўлаяпти]. Ochiq gap, menda nafrat paydo qiladigan narsa — ko‘zbo‘yamachilik. Bir paytlar o‘zim shunga juda qattiq qarshilik ko‘rsatganim — odamlarni, ayniqsa ijtimoiy soha vakillarini maktabdagi o‘quvchi va talabalarni majburlab obodonlashtirish ishlariga olib chiqishlaring — mana oqsoqollar, deputatlar o‘tiribdi — faqat menga emas, siyosatga xiyonat qilayapsizlar.

[Бу ишлар] kimga kerak? Men devorning orqasida nima borligini, O‘zbekistonda qaysi ko‘cha supurilgan, qaysi daraxt yiqilib yotganini juda yaxshi bilaman. Men yuradigan yo‘ldagi narsalarni bo‘yab qo‘yganingiz bilan odamlar rahmat demaydi», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring